Pentagon Oq uydan Erondagi urush uchun 200 milliard dollar soʻradi
Pentagon Eron bilan urush uchun rekord darajadagi 200 milliard dollar soʻradi. Bu haqda The Washington Post xabar bermoqda.
Manba Urush vazirligi Oq uyga Erondagi urush uchun 200 milliard dollardan ortiq mablagʻ soʻrab xat yozgan. The Washington Post maʼmuriyatdagi yuqori martabali manbaga asoslanib yozishicha, mablagʻ muhim qurollarni ishlab chiqarishni zudlik bilan koʻpaytirish uchun ishlatiladi.
Taklif etilayotgan mablagʻ Eronga boʻlgan urushning birinchi haftasida sarflangan 11 milliard dollardan koʻp boʻlib, Ukrainaga ajratilgan (umumiy) 188 milliard dollarga yaqin hisoblanadi. Gazetaning taʼkidlashicha, soʻrov katta siyosiy noroziliklarni keltirib chiqarishi mumkin. Pentagon va Oq uy nashrga izoh berishdan bosh tortgan. Shu bilan birgalikda AQSH senati qonun chiqaruvchilarning prezident Donald Trampning Eronga qarshi harbiy harakatlarini cheklash boʻyicha ikkinchi urinishini rad etdi va urush vakolatlari toʻgʻrisidagi qarorni qoʻllab-quvvatlamadi. Politico manbasiga koʻra, Hujjat uchun 47 senator ovoz bergan boʻlsa, 53 nafari qarshi ovoz bergan.
Demokratlar tomonidan ilgari surilgan tashabbus Oq uydan Kongressning roziligisiz AQSHning mojarodagi ishtirokini toʻxtatishni talab qildi. Mart oyining boshlarida boʻlgani kabi rezolyutsiyani qoʻllab-quvvatlagan yagona respublikachi Kentukki shtatidan Rand Pol va demokratlar orasida Pensilvaniya senatori Jon Fetterman qarshi chiqdi.
Demokratlar, shuningdek, urushni Konstitutsiyaga zid deb atashadi va Pentagon rahbari Pit Xegset, Davlat kotibi Marko Rubiodan omma oldida nutq soʻzlashlarini, kampaniyaning maqsadlari, vazifalari va xarajatlarini tushuntirishlarini talab qilishmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Toshkentda qilichbozlikning sablya yoʻnalishi boʻyicha Jahon kubogi bosqichi start oldi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring