Ramazon hayiti kuni qanday ob-havo kuzatiladi?
“Oʻzgidromet” 20-mart kuni kuzatiladigan ob-havo maʼlumotlarini eʼlon qildi.
Toshkent shahrida havo oʻzgaruvchan boʻladi, kechasi va ertalab yomgʻir yogʻishi, tuman tushishi mumkin. Kunduzi yogʻingarchilik kutilmaydi. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan 3-8 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 7-9 daraja iliq, kunduzi 17-19 daraja iliq boʻladi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm viloyatida havo oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 2-7 daraja iliq, kunduzi 17-22 daraja iliq boʻladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-10 daraja iliq, kunduzi 17-22 daraja iliq boʻladi.
Toshkent viloyatida havo oʻzgaruvchan boʻladi, kechasi va ertalab yomgʻir yogʻishi, tuman tushishi mumkin. Kunduzi yogʻingarchilik kutilmaydi. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-10 daraja iliq, kunduzi 15-20 daraja iliq boʻladi.
Jizzax va Samarqand viloyatlarida havo oʻzgaruvchan boʻladi, kunning ikkinchi yarmida baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-10 daraja iliq, kunduzi 15-20 daraja iliq boʻladi.
Sirdaryo viloyatida havo oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-10 daraja iliq, kunduzi 15-20 daraja iliq boʻladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-10 daraja iliq, kunduzi 17-22 daraja iliq boʻladi.
Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlarida havo oʻzgaruvchan boʻladi, kechasi va ertalab yomgʻir yogʻishi, tuman tushishi mumkin. Kunduzi yogʻingarchilik kutilmaydi. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan 5-10 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-10 daraja iliq, kunduzi 15-20 daraja iliq boʻladi.
Respublikaning togʻoldi va togʻli hududlarida havo oʻzgaruvchan boʻladi, baʼzi joylarda yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻladi, tuman tushishi mumkin. Sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 7-12 daraja iliq boʻladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Toshkentda qilichbozlikning sablya yoʻnalishi boʻyicha Jahon kubogi bosqichi start oldi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring