Ayrim blogerlarga Oʻzbekistonga kelishi uchun bepul turpaket beriladi

18:58 18 Mart 2026 Siyosat
269 0

Illyustrativ foto

Prezident raisligida Narpay tumanida oʻtkazilayotgan yigʻilishda mahalliy turoperatorlar uchun ham yangiliklar eʼlon qilindi.

Xususan, 1-apreldan boshlab turoperatorlarga uch oy davomida jalb qilingan 1 ming xorijiy turist uchun byudjetdan 5 ming dollargacha subsidiya beriladi. Qoʻshilgan qiymat soligʻining yarmi “keshbek” sifatida qaytariladi.

Ijtimoiy tarmoqlarda 5 milliondan ortiq kuzatuvchisi boʻlgan 50 ta xorijiy blogerga Oʻzbekistonga kelishi uchun yetti kunlik bepul turpaket taqdim etiladi.

Dunyodagi eng yirik onlayn sayyohlik platformalarida Oʻzbekistonga sayohat targʻiboti bilan bogʻliq xarajatlar ham qoplab beriladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?