Taʼqiqlangan dori vositalarini tekshiruvchi bot ishga tushdi
Taʼqiqlangan dori vositalarini tekshiruvchi bot ishga tushdi. Bu haqida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi maʼlumot berdi.
Bildirilishicha, Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti mutaxassislari tomonidan psixotrop va noqonuniy dori vositalarining tarqalishini oldini olish, shuningdek, aholining bu boradagi xabardorligini oshirish maqsadida “Psixotrop_moi_bot” ishlab chiqilib, amaliyotga joriy etilgan.
Ushbu bot qanday ishlaydi?
Foydalanuvchi botga maʼlum bir dori vositasi haqidagi maʼlumotni yuboradi. Tizim esa:
- Oʻzbekiston hududida taʼqiqlangan yoki taʼqiqlanmagani;
- psixotrop taʼsirga egaligi;
- inson salomatligiga taʼsiri;
- qonunchilikdagi maqomi va boshqalar haqida aniq maʼlumot beradi.
“Bugungi kunda ayrim dorilar yoshlar orasida notoʻgʻri maqsadda isteʼmol qilinmoqda. Koʻpchilik ularning aslida qanday taʼsirga ega ekanini bilmaydi. Mazkur bot aynan shunday muammolarning oldini olishga xizmat qiladi”, — deyiladi xabarda.
Talabalar uchun foydali:
- Tengdoshlari orasida shubhali holatlarni aniqlash;
- Doʻstlari, oila aʼzolari yoki tanishlari tomonidan isteʼmol qilinayotgan vositalarni tekshirish;
- oʻz salomatligini himoya qilish imkonini beradi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Toshkentda qilichbozlikning sablya yoʻnalishi boʻyicha Jahon kubogi bosqichi start oldi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring