Hafta davomida kuzatiladigan ob-havo maʼlumoti eʼlon qilindi

14:01 16 Mart 2026 Jamiyat
223 0

Foto: Muhsin Umurzoqov / “Xalq soʻzi”

“Oʻzgidromet” 16-20-mart kunlari kuzatiladigan ob-havo maʼlumotlarini eʼlon qildi.

Unga koʻra, haftaning dastlabki uch kunida Oʻzbekiston hududining katta qismida yogʻingarchiliksiz ob-havo boʻlishi kutilmoqda. Faqat 17-18-martda Surxondaryo viloyatida va 18-martda Qashqadaryo, Samarqand viloyatlarining baʼzi joylarida yomgʻir yogʻadi.

19-martda respublikaning markaziy va janubi-sharqiy hududlarida ayrim joylarda yomgʻir koʻrinishidagi yogʻingarchilik kuzatiladi. 20-mart kuni esa Oʻzbekiston hududi boʻyicha yogʻingarchilik boʻlmaydi.

Ushbu davrda havo harorati asosan kechalari 5-10 daraja iliq, kunduz kunlari 15-20 daraja iliq, yomgʻir paytida 13-15 daraja iliq boʻladi. Bildirilishicha, bunday harorat foni mart oyi oʻrtasi uchun oʻrtacha koʻp yillik qiymatlarga yaqindir.

16-17-mart kunlari respublikaning shimolida va choʻl hududlarida shamol tezligi 13-18 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin.

Toshkent shahrida 16-18 va 20-mart kunlari yogʻingarchilik kutilmaydi. 19-martda vaqti-vaqti bilan yomgʻir yogʻadi. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 3-8 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat asosan kechalari 5-10 daraja iliq, kunduz kunlari 17-20 daraja iliq, 19-martda 14-17 daraja iliq boʻladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?