Prezident: “Kimki mis sanoatida yuqori qiymat zanjirini yaratsa, kelajak sanoatini barpo etgan boʻladi”

12:39 16 Mart 2026 Siyosat
200 0

Foto: Prezident matbuot xizmati

2025-yilning oʻzida ishga tushadigan loyihalar hisobga olinsa, misni chuqur qayta ishlash quvvatlari 240 ming tonnaga yetadi. Yaqin ikki-uch yildagi yangi loyihalar hisobiga quvvatlar bundan ham oshadi.

Dunyoda ham mazkur xomashyoga boʻlgan talab kundan kunga ortib borayotgani taʼkidlandi. Chunki mis bugungi kunda sanoat, energetika, elektrotexnika, raqamli iqtisodiyot, sunʼiy intellekt, “yashil” taraqqiyot uchun strategik xomashyoga aylanib boʻldi.

“Kimki mis sanoatida yuqori qiymat zanjirini yaratsa, kelajak sanoatini barpo etgan boʻladi. Qaysi davlat bu xomashyoni chuqur qayta ishlash uchun kuchli infratuzilma yaratsa, u minglab oilalarga daromad, hududlarga taraqqiyot, mamlakatga qudrat olib keladi.

Shu bois, biz islohotlarimizning ilk kunlaridan geologiya-qidiruv ishlariga alohida eʼtibor qaratib, mavjud zaxiralar va ularni ishga solish boʻyicha imkoniyatlarimizni belgilab oldik”, dedi Prezidentimiz.

Misol uchun, “Yoshlik-1” koni. Yaqin-yaqingacha koʻpchilik “Bu konni oʻzlashtirish qiyin, imkoniyatimiz yetmaydi, eplay olmaymiz” deb oʻylardi. Vaholanki, joriy yilning oʻzida ushbu kondan 20 million tonna ruda qazib olinadi. Bu raqam kelgusi ikki yilda 60 million tonnaga yetadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?