Bokuda Amir Temurga bagʻishlangan spektakl premyerasi boʻlib oʻtdi
Joriy yilning 10-mart kuni Ozarbayjon davlat akademik milliy drama teatrida (“Azdrama”) Milliy teatr kuni hamda Sohibqiron Amir Temur tavalludining 690 yilligi munosabati bilan tantanali tadbir boʻlib oʻtdi.
Tadbir doirasida turkiy mamlakatlar milliy drama teatrlari rahbarlari, sanʼat arboblari ishtirokida uchrashuv hamda “Turkiy dunyo: umumiy ildizlar va qadriyatlar” nomli koʻrgazma tashkil etildi.
Kechaning asosiy voqeasi sifatida Ozarbayjon Madaniyat vazirligi, “Azdrama” teatri va Oʻzbekistonning Ozarbayjondagi elchixonasi hamkorligida tayyorlangan “Amir Temur: zamon bilan musobaqalashgan inson” spektaklining premyerasi boʻlib oʻtdi.

Premyerada Ozarbayjon madaniyat vaziri Adil Kerimli, Milliy Mejlis deputati Gyunay Efendiyeva va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
Oʻzbekistonning Ozarbayjondagi favqulodda va muxtor elchisi Bahrom Ashrafxonov oʻz nutqida Amir Temur nafaqat turkiy xalqlar, balki jahon tarixida davlatchilik anʼanalari, ilm-fan va madaniyat rivojiga beqiyos hissa qoʻshgan buyuk shaxs ekanligini alohida taʼkidladi.
Qayd etilishicha, joriy yilda buyuk sarkarda tavalludining 690 yilligi xalqaro miqyosda, shu jumladan Ozarbayjonda ham keng nishonlanmoqda. Sahna asari tomoshabinlarda katta taassurot qoldirib, Sohibqiron shaxsiyati va merosiga boʻlgan qiziqishni yanada oshirdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Toshkentda qilichbozlikning sablya yoʻnalishi boʻyicha Jahon kubogi bosqichi start oldi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring