Polshada ogʻir xastalikka chalingan oʻzbekistonlik Vatanga qaytarildi
Foto: “Dunyo”
Polshada ogʻir xastalikka chalingan Oʻzbekiston fuqarosi Vatanga qaytarildi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, Oʻzbekiston elchixonasi tomonidan fuqarolar bilan oʻtkazilgan navbatdagi konsullik qabuli davomida Samarqand viloyatida tugʻilgan fuqaro R.M. 2023-yil aprel oyida Polshaga ishchi vizasi asosida vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish maqsadida kelganini maʼlum qilgan.
Bildirilishicha, hozirga qadar u ogʻir kasallikka chalingan boʻlib, Polshadagi tibbiy muassasalardan birida davolangan. Shu munosabat bilan R.M. Oʻzbekistonga qaytish hamda davolanishini tashkil etishda amaliy yordam soʻrab murojaat qilgan.
Fuqaroning murojaatini inobatga olgan holda, Migratsiya agentligi bilan hamkorlikda amaliy choralar koʻrilgan. Xususan, uning Vatanga qaytishi uchun aviachipta xarid qilinib, uchishgacha boʻlgan davrda vaqtinchalik yashash joyi bilan taʼminlangan.
R.M. kecha, 11-mart kuni Varshava-Toshkent reysi bilan Oʻzbekistonga qaytib kelgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Toshkentda qilichbozlikning sablya yoʻnalishi boʻyicha Jahon kubogi bosqichi start oldi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring