Eron AQSHning quruqlikdagi bosqiniga tayyor
Arxiv foto
Eron AQSHning quruqlikdagi bosqiniga tayyor, ammo Vashington bunga jurʼat eta olmaydi. Bu fikrlarni Eron Islom Respublikasining Rossiya Federatsiyasidagi Favqulodda va Muxtor elchisi Kozim Jaloliy aytib oʻtdi.
“Amerikaliklar bunga jurʼat eta olishmasdi. Ular bizga sobiq Iroq va Shom Islom Davlati (ISHID) vakillarini yuborishni xohlashdi. Biz, albatta, ularni qabul qilishga tayyormiz. Bizning armiyamiz, Islom inqilobi qoʻriqchilari korpusi, xavfsizlik kuchlarimiz ularga javob berishga tayyor”, — dedi Jaloliy “Rossiya Segodnya” media guruhining xalqaro multimedia matbuot markazida soʻzga chiqib.
Elchi Eronning AQSH hujumiga javobi nomutanosib boʻlishi va Vashington bilan muloqot Tehron manfaatlariga asoslanishi haqida ogohlantirdi.
“Biz hech qachon muzokara qilishdan bosh tortmaganmiz... Bu safar biz [avvalgi muzokaralardagi xatolarni — tahr.] takrorlamaymiz va agar muzokaralar boʻlsa, shartlar boʻladi. Birinchidan, tajovuzkorni oʻz oʻrniga qoʻyish kerak”, — deydi Jaloliy.
Oʻtgan hafta demokrat senator Richard Blyumental AQSH vazirlarining Kongress aʼzolari bilan yopiq uchrashuvidan soʻng, Eronda AQSHning quruqlikdagi operatsiyasi “qoʻrqinchli ehtimoli” haqida gapirgan.
Oq uy bu daʼvoni toʻgʻridan-toʻgʻri tasdiqlamadi yoki rad etmadi. Oq uy matbuot kotibi Kerolin Levitt Prezident Donald Tramp Eronga qoʻshin yuborishni istisno qilmaganini, ammo hozircha bu “Vashington rejalarining bir qismi emasligini” aytdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Toshkentda qilichbozlikning sablya yoʻnalishi boʻyicha Jahon kubogi bosqichi start oldi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring