Mujtabo Xomanaiyning oyogʻi singani maʼlum boʻldi
Eronning yangi tayinlangan Oliy rahnamosi Mujtabo Xomanaiy oyoq panjasini sindirib olgani va yengil jarohatlar olgani maʼlum boʻldi. Bu haqda eronlik manba Reuters agentligiga xabar berdi.
Qayd etilishicha, Mujtabo Homanaiy joriy yilning 8-mart kuni Oliy rahbar etib tanlanganidan beri jamoatchilikka koʻrinmagan va hech qanday bayonot bermagan. Shu bois uning Isroil va AQSH hujumlari paytida jarohatlangani haqida turli mish-mishlar tarqaldi. Bunga Eron Davlat televideniyesi jurnalisti Homanaiyni “Ramazon urushi jonbozi” (janbaz) yaʼni “urushda jarohatlangan” deb taʼriflagani ham sabab boʻlgan.
Davlat televideniyesi efirida Eron Oliy rahbari urushning dastlabki avia zarbalari oqibatda otasidan tashqari onasi, opasi va rafiqasidan ham ajralgani maʼlum qilingan. Shuningdek, teleboshlovchi uning toʻliq unvonlarini keltirgan holda, Mujtabo Homanaiyni “shahid boʻlgan ota-onasi va yaqinlarining yoʻlini davom ettiruvchi voris” deb atagan.
CNN telekanali manbalariga koʻra, 56 yoshli Oliy rahnamo hujumning ilk kunlarida oyoq panjasini sindirib olgan, chap koʻzi atrofida qontalash va yuzida mayda shilinishlar qayd etilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Toshkentda qilichbozlikning sablya yoʻnalishi boʻyicha Jahon kubogi bosqichi start oldi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring