Elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganlik uchun jarima oshiriladi
Illyustrativ foto
Kecha, 11-mart kuni imzolangan qonun bilan Jinoyat kodeksi hamda Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.
Unga koʻra, umumiy foydalanishdagi elektr, issiqlik, gaz tarmoqlariga oʻzboshimchalik bilan ulanish yoki ulardan foydalanish qoidalarini boshqacha tarzda buzish:
• fuqarolarga BHMning 15 baravaridan 20 baravarigacha;
• mansabdor shaxslarga esa – 25 baravaridan 30 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻlishi belgilandi.
Amaldagi tahrirda fuqarolarga BHMning 10 baravaridan 15 baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa – 20 baravaridan 25 baravarigacha miqdorda jarima solinishi belgilangan.
Umumiy foydalanishdagi elektr, issiqlik, gaz yoki vodoprovod tarmoqlariga tijorat maqsadlarida oʻzboshimchalik bilan ulanish:
• BHMning 15 baravaridan 25 baravarigacha jarima yoki 15 sutkagacha muddatga maʼmuriy qamoqqa olishga sabab boʻlishi belgilandi. Amaldagi tahrirda jarima miqdori BHMning 10 baravaridan 20 baravarigacha miqdorda belgilangan.
Jinoyat kodeksiga kiritilgan oʻzgartirishlarga koʻra, umumiy foydalanishdagi elektr, issiqlik, gaz yoki vodoprovod tarmoqlariga oʻzboshimchalik bilan ulanish, shunday harakat uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etganlik:
• BHMning 30 baravaridan 75 baravarigacha miqdorda jarima yoki 240 soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki bir yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanishi belgilandi. Amaldagi tahrirda jarimaning eng kam miqdori BHMning 25 baravari etib belgilangan.
Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran 3 oy oʻtgach kuchga kiradi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Toshkentda qilichbozlikning sablya yoʻnalishi boʻyicha Jahon kubogi bosqichi start oldi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring