Prezident huzurida neft va gaz tarmogʻiga doir topshiriqlar ijrosining borishi koʻrib chiqildi
Prezident Shavkat Mirziyoyevga neft va gaz sohasida belgilangan vazifalar ijrosining holati yuzasidan hisobot berildi.
Maʼlumki, joriy yilning 30-yanvar kuni “Oʻzbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyati faoliyati samaradorligini oshirish, uglevodorod zaxiralarini kengaytirish va tarmoqni zamonaviy texnologiyalar asosida rivojlantirish boʻyicha ustuvor vazifalar belgilangandi. 23-fevral kuni esa ushbu topshiriqlarning dastlabki ijrosi koʻrib chiqilib, qator qoʻshimcha topshiriqlar berilgan edi.
Bugungi taqdimotda mazkur chora-tadbirlarni amalga oshirish jarayoni yana bir bor tahlil qilindi.
Neft va gaz sohasida geologiya-qidiruv ishlarini kengaytirish, yangi konlarni aniqlash, mavjud quduqlar samaradorligini oshirish va qazib chiqarish hajmini barqarorlashtirishga alohida toʻxtalib oʻtildi.
Bu borada soha rahbarlarining joriy yil boshidan 3D seysmik qidiruv ishlari 471 kvadrat kilometr hajmda amalga oshirilgani, 11 ta yangi quduq ishga tushirilgani, 20 ta quduqda taʼmirlash ishlari bajarilgani va 5 ta texnologik tadbir amalga oshirilgani toʻgʻrisidagi maʼlumoti koʻrib chiqildi.
Shu bilan birga, sohada operatsion samaradorlikni oshirish, korxonalarning xarajatlarini maqbullashtirish va moliyaviy barqarorligini mustahkamlash boʻyicha ishlarga alohida eʼtibor qaratildi.
Davlatimiz rahbari belgilangan vazifalar va rejalashtirilgan chora-tadbirlar ijrosini aniq hisob-kitob va qatʼiy intizom asosida taʼminlashni davom ettirish yuzasidan mutasaddilarga topshiriqlar berdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Toshkentda qilichbozlikning sablya yoʻnalishi boʻyicha Jahon kubogi bosqichi start oldi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring