Poytaxtda fuqaro oʻz tanishini doʻpposladi
Ijtimoiy tarmoqlarda bir fuqaro boshqa fuqaroni urayotganligi aks etgan videotasvirlar tarqalib, turli muhokamalarga sabab boʻldi. Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi maʼlumot berdi.
Unda aytilishicha, holat kecha, 9-mart kuni taxminan soat 18.00 larda, Yakkasaroy tumani, Shota Rutaveli koʻchasida sodir boʻlgan.
Unda 1990-yilda tugʻilgan fuqaro K.I. oʻzining tanishi 1969-yilda tugʻilgan fuqaro B.A. bilan oʻzaro janjallashib, jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimasdan jamoat tartibini buzgan. Hodisa oqibatida jabrlanuvchi fuqaro B.A. tan jarohati olgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Yakkasaroy tumani IIO FMB huzuridagi Tergov boʻlimi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi (“Bezorilik”) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Gumonlanuvchi fuqaro K.I. protsessual tartibda ushlangan. Tergov harakatlari davom etmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Toshkentda qilichbozlikning sablya yoʻnalishi boʻyicha Jahon kubogi bosqichi start oldi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring