Ayollar Osiyo chempionati musobaqasining 3-tur oʻyinlari davom ettirildi

16:34 09 Mart 2026 Sport
1584 0

Shu kunlarda Avstraliya mamlakatida ayollar terma jamoalari oʻrtasidagi Osiyo chempionati musobaqasi boʻlib oʻtmoqda. Bugun turnirning 3-tur oʻyinlari davom ettirildi. Kun doirasidan oʻrin olgan bahsda Oʻzbekiston ayollar terma jamoasi Bangladesh bilan kuch sinashdi. Uchrashuv Oʻzbekiston terma jamoasi qizlarining 4:0 hisobidagi gʻalabasi bilan yakunlandi.

Gollarga Dildora Nozimova (2 ta), Diyora Habibullayeva va Nilufar Qudratova mualliflik qildi. Ushbu gʻalabadan soʻng, Oʻzbekiston milliy terma jamoasi musobaqaning chorak finaliga yoʻl oldi.

Terma jamoa endi “A” yoki “C” guruhi gʻolibi bilan kuch sinashadi. Ushbu oʻyinda Oʻzbekiston termasi magʻlub boʻlgan taqdirda ham Jahon chempionatiga yoʻl olish imkoniyatini saqlab qoladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?