“8-mart uchun kosmik guldasta”. “Roskosmos” gulga oʻxshash kosmik tumanlik suratlarini eʼlon qildi
Foto: “Roskosmos” / Lola tumanligi
“Roskosmos” Xalqaro xotin-qizlar kuni arafasida oʻzining Telegram kanalida gullarga oʻxshash kosmik tumanlik suratlarini eʼlon qildi. Rossiya davlat kosmik korporatsiyasi bu fotosuratlarni “8-mart uchun kosmik guldasta” deb atadi.
“Koinot bahordan qolishmaydigan goʻzalliklar yaratadi. Astrofotograf obyektivida minglab yorugʻlik yillari masofasida joylashgan ulkan “yulduz hosil boʻlish hududlari” aks etgan”, deyiladi suratlar izohida.
Taqdim etilgan fotosuratlarda bir nechta mashhur tumanliklar tasvirlangan. Jumladan, Lola tumanligi — “Oqqush yulduz turkumi”da joylashgan yorugʻ vodorod buluti, Atirgul tumanligi — diametri 100 yorugʻlik yilidan ortiq boʻlgan “kosmik gul”, shuningdek, yulduzlar hosil boʻlayotgan hudud sifatida tanilgan Iris tumanligi ham kadrlarga tushgan.
Bundan tashqari, fotolarda yirik yulduz hosil boʻlish mintaqasi hisoblangan Yurak tumanligi va u bilan gaz oqimlari hamda umumiy yulduz “tugʻilish” tarixi orqali bogʻlangan Ruh tumanligi ham aks etgan.
Mutaxassislarning taʼkidlashicha, bu “kosmik gullar” yosh va juda qaynoq yulduzlar tarqatadigan kuchli nurlanish taʼsirida shakllanadi. Ana shu nurlanish vodorodni yorqin pushti ranglarda yoritilishiga olib keladi. Taʼkidlanishicha, inson koʻziga goʻzal “gul barglari”dek koʻrinadigan joylarda aslida gravitatsion siqilish va yangi yulduz tizimlari paydo boʻlishining kuchli jarayonlari kechayotgan boʻladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Toshkentda qilichbozlikning sablya yoʻnalishi boʻyicha Jahon kubogi bosqichi start oldi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring