Yaqin Sharqdan evakuatsiya qilingan oʻzbekistonliklar soni 19 mingdan oshdi
Yaqin Sharq davlatlaridan Oʻzbekiston fuqarolarini evakuatsiya qilish ishlari davom ettirilmoqda. Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmatining maʼlum qilishicha, 8-mart soat 07:00 holatiga koʻra, jami 19 347 nafar oʻzbekistonlik Vatanga qaytarilgan.
Bildirilishicha, 7-mart kuni Saudiya Arabistonidan 9 ta reys amalga oshirilib, 1 680 nafar, Birlashgan Arab Amirliklaridan 2 ta reys orqali 394 nafar, Erondan esa 5 nafar fuqaro Oʻzbekistonga qaytarilgan.
7-mart kuni Oʻzbekistonning Qatar va Saudiya Arabistonidagi elchixonalari Transport vazirligi bilan birgalikda Doha shahrida boʻlgan vatandoshlarimizning birinchi guruhini (208 nafar) evakuatsiya qilgan. Ular “Centrum Air” aviakompaniyasi reysi bilan Ar-Riyod xalqaro aeroportidan uchib, bugun soat 05:40 da Toshkentga sogʻ-salomat yetib kelgan.
Shu bilan birga, Qatardagi diplomatik vakolatxona tomonidan keyingi evakuatsiyani amalga oshirish doirasida fuqarolarning ikkinchi guruhi shakllantirilgan. 126 kishilik guruh diplomatlar hamrohligida elchixona tomonidan ijaraga olingan 3 ta avtobusda Doha shahridan olib chiqilib, Riyod – Toshkent yoʻnalishi boʻyicha 8-mart kuni amalga oshiriladigan navbatdagi charter reysi orqali evakuatsiya qilinishi rejalashtirilgan.
“Vatandoshlarimizni Oʻzbekistonga qaytarish boʻyicha chora-tadbirlar tizimli va bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda”, deyiladi vazirlik xabarida.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Toshkentda qilichbozlikning sablya yoʻnalishi boʻyicha Jahon kubogi bosqichi start oldi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring