Baxtiyor Saidov Ozarbayjon tashqi ishlar vaziri bilan muloqot oʻtkazdi

21:22 07 Mart 2026 Siyosat
574 0

Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Ozarbayjon tashqi ishlar vaziri Jeyhun Bayramov janoblari bilan konstruktiv muloqot oʻtkazdi.

Muloqot davomida mintaqada yuz berayotgan voqealar yuzasidan fikr almashildi.

“Soʻnggi hodisalarga xavotir bildirib, keskinlikning yanada kuchayishiga olib kelishi mumkin boʻlgan harakatlardan tiyilish muhimligini taʼkidladik hamda barqarorlik va xavfsizlikni taʼminlash zarurligini qayd etdik”, — deydi Baxtiyor Saidov.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?