Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi

20:58 06 Mart 2026 Sport
1864 0

Oʻzbekistonlik grossmeyster Nodirbek Abdusattorov Praga shahrida oʻtkazilgan anʼanaviy xalqaro shaxmat festivalining Masters guruhida chempionlikni qoʻlga kiritdi.

Yurtdoshimiz ajoyib oʻyin namoyish etib, turnir davomida magʻlubiyatga uchramadi va yakunda birinchi oʻrinni egalladi. Ahamiyatlisi shundaki, Nodirbek Abdusattorov ushbu nufuzli musobaqada ikkinchi marta chempionlikni qoʻlga kiritib, festival tarixida buni uddalagan ilk shaxmatchiga aylandi. Shaxmatchimiz 2024-yilda ham ushbu turnir chempionligiga sazovor boʻlgan edi.

Maʼlumot uchun, Abdusattorov 2025-yilning dekabr oyida “London Chess Classic”, shu yilning yanvar oyida esa “Tata Steel Chess” turnirlarida ham chempionlikni qoʻlga kiritgan. 21 yoshli Nodirbek Pragadagi chempionlikdan soʻng 2780 ball bilan dunyoning top shaxmatchilari reytingida 4-oʻrinni mustahkamlab oldi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?