Eron raqiblari pozitsiyalariga zarbalarni kuchaytirishga vaʼda berdi
Foto: AP
Tehron yaqin kunlarda AQSH va Isroil pozitsiyalariga hujumlarni kuchaytiradi, deb xabar berdi Eron harbiy qoʻmondonligining “Hotam al-Anbiya” markaziy shtab-kvartirasi.
“Zarbalar... yanada kuchliroq va kengroq boʻladi”, — deyiladi “Tasnim” axborot agentligi tomonidan eʼlon qilingan bayonotda.
Juma kuni kechqurun Islom inqilobi qoʻriqchilari korpusi “Haqiqiy vaʼda 4” operatsiyasi doirasida 21-hujumlar toʻlqini boshlanganini eʼlon qildi. Eron kuchlari Tel-Avivdagi nishonlarga dronlar va “Haybar” oilasiga mansub oʻrta masofali ballistik raketalarni uchirdi.
Bir kun oldin Tehron Isroil poytaxti Ben Gurion aeroporti va Isroil mudofaa kuchlarining 27-eskadroni bazasidagi nishonlarga zarba berish uchun eng soʻnggi “Xurramshahar-4” oʻta ogʻir raketasidan foydalangan. Bundan tashqari, Eron armiyasi AQSH tankerlari va samolyot tashuvchilariga hujum qilishda davom etmoqda.
Shu yilning 28-fevral kuni AQSH va Isroil Eronga qarshi keng koʻlamli operatsiya boshladi. Tel-Aviv oʻz maqsadi Tehronning yadroviy qurolga ega boʻlishining oldini olish ekanligini aytdi. Vashington Eron floti va mudofaa sanoatini yoʻq qilish bilan tahdid qildi va mamlakat fuqarolarini rejimni agʻdarishga chaqirdi.
Qasos sifatida Eron Isroil hududiga, shuningdek, Yaqin Sharqdagi AQSH harbiy inshootlariga zarbalar berdi.
Eronda qurbonlari 1300 dan oshdi
AQSH va Isroilning Eronga qarshi hujumlari natijasida halok boʻlganlar soni 1332 kishiga yetgan. Bu haqda “Al Jazira” telekanali Eron Qizil Yarim Oy tashkilotiga tayanib xabar tarqatdi.
“Eron Qizil Yarim Oy tashkilotining maʼlumotlariga koʻra, shanba kunidan beri Eronda AQSH va Isroilning hujumlarida kamida 1332 kishi halok boʻlgan”, — deyiladi xabarda.
“Al Jazira” shuningdek, Eron AQSH va Isroilning davom etayotgan hujumlariga qaramay, mamlakatda maʼmuriy faoliyat bosqichma-bosqich tiklanishi eʼlon qilinganini xabar qilmoqda. Jumladan, 8-mart, yakshanba kunidan boshlab Tehronda joylashgan barcha vazirliklar, tashkilotlar va ijro etuvchi organlar oʻz xodimlarining 20 foizi oʻz ish joyiga qaytadi.
AQSH 500 nafardan ortiq harbiyini yoʻqotdi
Eron Oliy Milliy Xavfsizlik Kengashi kotibi Ali Larijoniyning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida maʼlum qilishicha, Eron bilan mojaro paytida 500 nafardan ortiq amerikalik askar halok boʻlgan.
“Keling, hisoblaymiz: 500 nafardan ortiq amerikalik askar halok boʻlgan boʻlsa, kim ustun — AQSHmi yoki Isroilmi?”, — deya yozdi Larijoniy AQSH hukumatining “AQSH birinchi oʻrinda” shioriga ishora qilib.
Avvalroq, AQSH prezidenti Donald Tramp Qoʻshma Shtatlar Eronga qarshi harbiy harakatlar tugaguniga qadar yanada koʻproq askarlarini yoʻqotishi mumkinligi haqida ogohlantirgan edi. U AQSH bunga yoʻl qoʻymaslik uchun qoʻlidan kelgan barcha ishni qilishini va yetkazilgan yoʻqotishlarga qasos olishga vaʼda qilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Toshkentda qilichbozlikning sablya yoʻnalishi boʻyicha Jahon kubogi bosqichi start oldi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring