Qariyb yarim kilo oltinni chegaradan olib oʻtmoqchi boʻlgan ona-bola ushlandi
Noqonuniy olib chiqib ketilayotgan oltin quymalar toʻxtatib qolindi. Bu haqida “Xavfsizlik” Telegram-kanali maʼlum qildi.
Bildirilishicha, tovar-moddiy boyliklarning mamlakat hududidan noqonuniy olib chiqilishiga qarshi kurashish yoʻnalishida Davlat xavfsizlik xizmatining Andijon viloyati boʻyicha boshqarmasi va Bojxona idoralari xodimlari hamkorligida tezkor tadbir oʻtkazilgan.
Aniqlanishicha, Baliqchi tumanida yashovchi, 1985-yilda tugʻilgan ayol va uning 2006-yilda tugʻilgan qizi umumiy bahosi 819 million soʻmni tashkil etuvchi, 7 dona nostandart shakldagi, jami 473 gr oltin quymalarni kiyimlari ostiga yashirgan holda Xoʻjaobod tumanidagi “Doʻstlik” chegara bojxona posti orqali Qirgʻiz Respublikasiga olib oʻtmoqchi boʻlgan vaqtlarida toʻxtatib qolingan.
Hozirda ushbu shaxslarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 182-moddasi (bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzish) 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Toshkentda qilichbozlikning sablya yoʻnalishi boʻyicha Jahon kubogi bosqichi start oldi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring