Baxtiyor Saidov Saudiya Arabistoni tashqi ishlar vaziri bilan telefon orqali muloqot qildi
Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Saudiya Arabistoni Podshohligi tashqi ishlar vaziri Faysal bin Farxon Ol Saud Hazrati Oliylari bilan telefon orqali muloqot qildi.
“Suhbat chogʻida Yaqin Sharqdagi murakkab vaziyatni atroflicha muhokama qilib, uning xavfsizlik va iqtisodiy barqarorlikka taʼsiri yuzasidan fikr almashdik. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylarining Saudiya Arabistoni Rahbariyati va xalqiga yoʻllagan birdamlik soʻzlarini yetkazdik”, — deydi Saidov.
Shuningdek, muloqot davomida mintaqada keskinlikni pasaytirish, ishonchni mustahkamlash, tinchlik va barqarorlikni taʼminlash maqsadida diplomatik saʼy-harakatlarni kuchaytirish zarurligi alohida qayd etilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Toshkentda qilichbozlikning sablya yoʻnalishi boʻyicha Jahon kubogi bosqichi start oldi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring