Xorijga chiqish pasportini olish yanada osonlashtiriladi
Arxiv foto
Endilikda xorijga chiqish biometrik pasportini olish uchun ish joyi yoki mahalla (ishsizlar uchun) tomonidan tasdiqlash talab etilmaydi. Bu haqda “Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirish uchun anketa shaklini tasdiqlash haqida“gi Ichki ishlar vazirining buyrugʻi Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga joylashtirildi.
Buyruqqa koʻra, Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirish uchun anketa shakli 11 banddan iborat boʻladi va unda pasportni olish uchun ariza bergan fuqaro ish joyi yoki mahalladan (ishsizlar uchun) maxsus soʻrovni tasdiqlatishi shart boʻlmaydi. Shu kunga qadar xorijga chiqish pasportini olish istagida boʻlgan fuqarolar ish joyi yoki mahalladan soʻrovni tasdiqlatishi shart boʻlib turibdi.
Anketada ariza beruvchining ism-sharifi, jinsi, tugʻilgan yili, oyi, kuni va joyi, ilgari boshqa familiyada boʻlgan-boʻlmagani, telefon raqami, shaxsni tasdiqlovchi pasport maʼlumotlari, ish (oʻqish, xizmat) davrida davlat siriga taalluqli maʼlumotlar bilan tanishish uchun rasman ruxsatnomaning bor yoki yoʻqligi, mehnat daftarchasidan soʻnggi 5 yillikdagi ish faoliyati, harbiy xizmatga chaqirilishga majburiy emasligi va turmush oʻrtogʻi boʻyicha maʼlumotlar soʻralgan. Anketaning soʻnggi bandida anketadagi yolgʻon maʼlumotlarning mavjudligi pasport berilishining rad etilishiga sabab boʻlishi eslatib oʻtilgan.
Bundan tashqari mazkur buyruqda 16 yoshga toʻlmagan bolalar uchun ham xorijga chiqish pasportini olishi boʻyicha anketa namunasi taqdim etilgan.
Eslatib oʻtamiz, xorijga chiqish pasporti 2019 yilning 1 yanvaridan, ilgari amalda boʻlib kelgan, ikki yil muddatga taqdim etilgan xorijga chiqishga ruxsat beruvchi stiker (OVIR) oʻrniga joriy etilgan. Xorijga chiqish pasporti 10 yil muddatga taqdim etiladi.
Buyruq loyihasi 25 mayga qadar muhokamada boʻladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Toshkent viloyatida Abdulla Oripov uy-muzeyi ochildi
- “Oʻzgidromet” shoshilinch ogohlantirish eʼlon qildi
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Fargʻonada Navroʻz: tinch-osoyishta hayot zavqi, dorilamon kunlar shukronasi...
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring