Prokuratura xodimi 9 ming AQSH dollari bilan qoʻlga tushdi
Prokuratura xodimiga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi. Bu haqida “Xavfsizlik” Telegram-kanali xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, Toshkent viloyati prokuraturasining devonxona noziri Oʻrtachirchiq tumanidagi yakka tartibdagi tadbirkorga tegishli savdo doʻkonida elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganlik holati boʻyicha aniqlangan 276 million soʻmlik jarimani vakolatli tanishlari orqali bartaraf etib berish va unga nisbatan chora koʻrilmasligini taʼminlash evaziga 9 ming AQSH dollari talab qilgan.
Shundan soʻng, devonxona noziri hozirda Namangan shahridagi nufuzli oliygohda oʻqiyotganligi bois, talab etilgan pulni shu joyga olib kelib berishni soʻraydi. Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda u 9 ming AQSH dollari ni Namangan viloyatida olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qoʻlga olingan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Namangan viloyati prokuraturasi tomonidan ushbu shaxs va boshqalarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 25,168-moddasi (firibgarlik) 3-qismi “v” bandi va 28,211-moddasi (pora berish) 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, devonxona noziriga nisbatan “qamoq” ehtiyot chorasi qoʻllanilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Toshkentda qilichbozlikning sablya yoʻnalishi boʻyicha Jahon kubogi bosqichi start oldi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring