Yaqin Sharqdagi vaziyat tufayli “Uzbekistan Airways”ning qator reyslari bekor qilindi
Yaqin Sharqning qator davlatlari havo hududidan foydalanishga cheklovlar kiritilganligi munosabati bilan parvozlar jadvalidagi oʻzgarishlar kiritildi. Bu haqida “Uzbekistan Airways” aviakompaniyasi xabar berdi.
Bildirilishicha, 28-fevraldagi HY334 Dubay – Toshkent reysi havo hududi ochilib, Dubay xalqaro aeroporti oʻz ishini tiklaganidan soʻng amalga oshiriladi. Parvozni kutish vaqtida yoʻlovchilar mehmonxonaga joylashtirilgan va ularga barcha zarur xizmatlar koʻrsatilmoqda. Aviakompaniya aviatsiya rasmiylari va aeroport maʼmuriyati bilan doimiy hamkorlikda ish olib borayotganini taʼkidladi.
Shuningdek, 1-mart sanasidagi HY333/334 Toshkent – Dubay – Toshkent reyslari ham BAA havo hududi yopilganligi sababli majburiy ravishda bekor qilingan. Shu kungi HY337/338 Toshkent – Jidda – Toshkent reyslari ham yoʻlovchilar va ekipaj aʼzolarining xavfsizligini taʼminlash maqsadida muqobil yoʻnalish boʻyicha amalga oshirilishi belgilangan. Yoʻnalish oʻzgarganligi sababli parvoz vaqti uzayadi.
Bundan tashqari, 2-mart kunidagi HY301/302 Toshkent – Tel-Aviv – Toshkent reyslari ham Isroil havo hududi yopilganligi sababli majburiy ravishda bekor qilingan. Mazkur bekor qilingan reyslar yoʻlovchilariga aviakompaniyaning istalgan keyingi reyslariga chiptalarni bepul qayta rasmiylashtirish taklif etilgan.
“Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr soʻraymiz. Yoʻlovchilar va ekipaj aʼzolarining xavfsizligini taʼminlash «Uzbekistan Airways” uchun eng oliy ustuvor vazifa boʻlib qoladi», — deyiladi aviakompaniya bayonotida.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Toshkentda qilichbozlikning sablya yoʻnalishi boʻyicha Jahon kubogi bosqichi start oldi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring