“Rasmiy koʻrsatmalarga qatʼiy amal qiling”: Isroildagi oʻzbekistonliklar ogohlantirildi
Eron va Isroil oʻrtasidagi keskinlik tobora avj olib borishi fonida Oʻzbekistonning Isroildagi elchixonasi ogohlantirish bilan chiqdi. Unga koʻra, har qanday holatda ham rasmiy organlarning koʻrsatmalariga rioya qilish tavsiya etiladi.
Qayd etilishicha, Isroil hududida xavfsizlik masalalari boʻyicha Frontorti buyrugʻi tomonidan maxsus ogohlantirishlar beriladi. Ushbu belgilangan rasmiy koʻrsatmalarga qatʼiy amal qilish soʻraladi.
Qizil rangdagi ogohlantirish – bu xavfli vaziyatni anglatadi. Bunday paytda:
• Yaqindagi himoyalangan joy (bomboubejiщye/mamat) yonida boʻlish lozim;
• Harakatlanishni cheklash zarur;
• Sirena eshitilganda zudlik bilan himoyalangan joyga kirish va yangi ogohlantirish berilgunga qadar shu yerda qolish kerak.
Koʻk rangdagi ogohlantirish – xavf oʻtganini va himoyalangan joyni tark etish mumkinligini bildirish uchun beriladi. Boshpanalar yonida qolish shart emas.
Shuningdek, har qanday holatda ham rasmiy organlarning koʻrsatmalariga rioya qilish va yaqin atrofdagi boshpana joylari haqida avvaldan maʼlumotga ega boʻlish zarurligi taʼkidlangan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Toshkentda qilichbozlikning sablya yoʻnalishi boʻyicha Jahon kubogi bosqichi start oldi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring