Erondagi tahlikali vaziyat sababli bir nechta aviareys ortga qaytarildi

14:21 28 Fevral 2026 Jamiyat
581 0

AQSH va Isroilning Eron hududiga amalga oshirayotgan havo hujumlari sabab Oʻzbekistondan parvoz qilgan va mamlakatimiz tomon uchayotgan samolyotlar ortiga qaytarildi. Bu haqda “Uzbekistan Airports” xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, Eron va Isroil havo hududlarining yopilishi munosabati bilan bir nechta aviareyslar joʻnash aeroportlariga qaytishga majbur boʻlgan. Xususan, 5 ta reys ortga qaytgan:

Andijon – Madina yoʻnalishida uchgan — 7Q4461 “Fly One Asia” reysi Andijon aeroportiga;

Madina – Toshkent yoʻnalishida uchgan — 7Q4461 “Fly One Asia” reysi Madina aeroportiga;

Toshkent – Dubay yoʻnalishidagi — HH901 “Qanot Sharq” reysi Toshkent aeroportiga;

Madina – Andijon yoʻnalishida uchgan — 2U7706 “Fly Khiva” samolyoti Madina aeroportiga;

Jidda — Toshkent yoʻnalishida uchgan — 9S3302 “Air Samarkand” samolyoti Jidda aeroportiga qaytishgan majbur boʻlgan.

Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, mazkur davlatlar havo hududlari Toshkent vaqti bilan soat 11:30 dan 17:00 gacha yopiq boʻlishi mumkin.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?