Denovda kurashchilar uchun zamonaviy oʻquv-mashgʻulot bazasi quriladi
Foto: Prezident matbuot xizmati
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida oʻtayotgan yigʻilishda Surxondaryoning turizm salohiyatini ishga solib, yiliga 1 milliard dollarlik tushum qilish imkoni borligi qayd etildi.
Viloyatda Al-Hakim at-Termiziy, Sulton Saodat, Kokildor ota, Qirq qiz singari 150 dan ziyod madaniy meros obyekti joylashgan. Hisor, Boysuntogʻ, Koʻhitang, Bobotogʻda alpinizm, trekking, ekoturizm uchun juda katta imkoniyat bor.
Yigirma olti asrlik tarixga ega Eski Termiz yodgorligi toʻliq oʻrganilmagan. Buddizm madaniyatiga oid Fayoztepa, Qoratepa, Dalvarzin, Zurmala kabi yodgorliklarning turizm salohiyatidan foydalanib, Yaponiya, Koreya, Xitoy, Tailanddan yiliga 500 ming sayyoh jalb qilish mumkin.
Mutasaddilarga Yaponiya turagentlari bilan turizm marshruti ishlab chiqib, muzey, oʻzbek-yapon oshxonasi va Yapon bogʻi tashkil qilish boʻyicha loyihalarni boshlash topshirildi.
Polvonlar yurti Surxondaryoda 8 mingdan ortiq yoshlar kurash bilan doimiy ravishda shugʻullanadi. Joriy yilda Denovdagi “Zamondosh” oromgohi negizida kurashchilar uchun zamonaviy oʻquv-mashgʻulot bazasini qurib berish topshirildi.
Boysundagi maktab-internatda kurash bilan shugʻullanayotgan yoshlar uchun shu yerning oʻzida taʼlim olish imkoniyatini yaratish kerakligi qayd etildi. Yangi oʻquv yilidan ushbu maktab-internatda sport bilan birga maktab darslari ham yoʻlga qoʻyiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Toshkentda qilichbozlikning sablya yoʻnalishi boʻyicha Jahon kubogi bosqichi start oldi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring