Namanganda 665 million soʻmlik “svet” oʻgʻirlaganlar ushlandi
Namangan viloyatida elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlari fosh etildi. Bu haqida Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Unda aytilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Namangan viloyati boshqarmasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv oʻtkazilgan.
Unda muqaddam sudlangan fuqaro B.X. Namangan shahar, “Gulbogʻ” MFY hududidagi xonadonida umumiy foydalanishdagi elektr tarmogʻiga oʻzboshimchalik bilan toʻgʻridan-toʻgʻri ulanib, 404,4 million soʻmlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi fosh qilingan.
Shu kabi yana bir holat, Departamentning Namangan viloyati boshqarmasi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda ham aniqlangan.
Maʼlum boʻlishicha, muqaddam sudlangan fuqaro A.A. Namangan shahar, “Uchqun” MFY hududidagi xonadonida elektr hisoblagichga tashqi taʼsir koʻrsatib, 117 million soʻmlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.
Bundan tashqari, Departamentning Namangan viloyati boshqarmasi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqaro A.A. Namangan shahar, “Uchqun” MFY hududidagi xonadonida elektr hisoblagichga tashqi taʼsir koʻrsatib, 144 million soʻmlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi maʼlum boʻlgan.
Hozirda mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 185-2-moddasi (elektr, issiqlik energiyasi, gaz, vodoprovoddan foydalanish qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Toshkentda qilichbozlikning sablya yoʻnalishi boʻyicha Jahon kubogi bosqichi start oldi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring