Sirdaryoda subsidiya ajratilishi uchun pul talab qilgan shaxs ushlandi
Foto: DXX
Sirdaryo viloyatida subsidiya ajratilishi uchun pul talab qilgan shachs qoʻlga olindi, deb xabar bermoqda Davlat xavfsizlik xizmati.
Maʼlum boʻlishicha, tadbirkorlik subyektlariga mikroqarzlar berish bilan shugʻullanuvchi MCHJning Guliston shahar filiali menejeri oʻzining hokimiyat tizimidagi mansabdor tanishlari orqali Oqoltin tumanida yashovchi fuqaroga imtiyozli ravishda uy-joy olishi uchun subsidiya mablagʻi ajratilishida yordam berish evaziga 8 ming AQSH dollari talab qilgan.
Biroq u 96 mln soʻm pul mablagʻini olgan vaqtida DXX va IJQKD xodimlari tomonidan qoʻlga olingan.

Hozirda unga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 2-qismi “a” bandi va 28,211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qoʻllanildi. Tergov harakatlari olib borilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Toshkentda qilichbozlikning sablya yoʻnalishi boʻyicha Jahon kubogi bosqichi start oldi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring