Nufuzli bankning mansabdor xodimi qamoqqa olindi
Foto: DXX
Mamlakatimizdagi yetakchi tijorat banklaridan birining Amaliyot boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari 30 ming AQSH dollari olgan vaqtida ushlandi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.
Maʼlum boʻlishicha, ushbu mansabdor shaxs Toshkent viloyatida qurilish materiallari ishlab chiqarish bilan shugʻullanuvchi MCHJda viloyat Soliq boshqarmasi tomonidan oʻtkazilgan audit soliq tekshiruvi natijasida aniqlangan 72 mlrd 956 mln soʻmlik soliq va boshqa majburiy toʻlovlarni mazkur tizimda yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali bartaraf qilib berish evaziga 110 ming AQSH dollari talab qiladi.
DXX, Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti hamda Ichki ishlar organlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda bank mansabdori kelishilgan pul mablagʻi hisobidan 30 ming AQSH dollarini oldindan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Bildirilishicha, hozirda holat yuzasidan unga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi va 28,211-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qoʻllanilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Toshkentda qilichbozlikning sablya yoʻnalishi boʻyicha Jahon kubogi bosqichi start oldi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring