“Volontyorlikni qoʻllab-quvvatlash” jamgʻarmasi tashkil qilinadi
Foto: Prezident matbuot xizmati
Prezident yoshlar bilan muloqotida bugun dunyo aholisining 10 foizdan ortigʻi volontyorlik bilan shugʻullanayotganiga alohida toʻxtaldi.
Soʻnggi yillarda mamlakatimizda volontyorlik faoliyatining huquqiy asosini yaratilgani, Volontyorlar maktabi, oliygohlarda markazlar tashkil qilinganining hisobiga bizda ham bunday yoshlar 5 karra koʻpaydi.
Ekologiya, tibbiy xizmat, taʼlim, favqulodda vaziyatlarda koʻmaklashish yoʻnalishidagi volontyorlarning soni 100 mingdan oshdi.
Mana shunday tashabbuskor yoshlarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida vazirlik va idoralar rahbarlari, faol koʻngilli yoshlardan iborat Volontyorlik harakatini rivojlantirish boʻyicha Vasiylik kengashini tashkil qilish taklif etildi.
Yoshlar ishlari agentligida “Volontyorlikni qoʻllab-quvvatlash” jamgʻarmasi tashkil qilinadi. Ushbu jamgʻarmaga har yili byudjetdan 20 milliard soʻmdan mablagʻ beriladi. Bunga qoʻshimcha viloyat hokimlari ham mahalliy byudjetdan 3 milliard soʻmdan ajratadi.
Mazkur mablagʻlar hisobidan yoshlarning volontyorlik loyihalariga 100 million soʻmgacha grant beriladi. Koʻngilli yoshlarga “ijtimoiy faollik kartasi” ochilib, ekologiya, ijtimoiy himoya, tibbiyot, taʼlim, jamoat xavfsizligi kabi yoʻnalishlardagi ishtirokiga qarab, ball berib boriladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Toshkentda qilichbozlikning sablya yoʻnalishi boʻyicha Jahon kubogi bosqichi start oldi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring