Jizzaxda hokimlik xodimi 6,7 ming dollar bilan ushlandi
Foto: DXX
Jizzax viloyati Gʻallaorol tumani hokimligining qishloq xoʻjaligi boʻlimi bosh mutaxassisi noqonuniy yer sotishda ayblanmoqda. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar bermoqda.
Maʻlum boʻlishicha, ushbu mansabdor shaxs oʻzining oʻgʻliga tegishli boʻlgan fermer xoʻjalikning 11 gektar yer maydonini xaridorga 11 ming AQSh dollariga sotishga kelishib, muqaddam 5 ming AQSh dollari olgan.
Biroq, u qolgan 6 ming AQSh dollari hamda tegishli hujjatlarni hokimlik va kadastr idoralaridagi tanishlari orqali rasmiylashtirib berish evaziga 700 AQSh dollari, jami 6700 dollarni olgan vaqtida Davlat xavfsizlik xizmati va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari tomonidan qoʻlga olindi.
Hozirda bosh mutaxassisga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 3-qismi “a” bandi va 28,211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Markaziy Osiyoning intellektual merosini ulugʻlashda yangi bosqich Toshkentda boshlanmoqda — The Washington Post
- Toshkentda qilichbozlikning sablya yoʻnalishi boʻyicha Jahon kubogi bosqichi start oldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring