Oʻzbekistonda har haftaning payshanbasi “Yoshlar kuni” boʻladi
Foto: Prezident matbuot xizmati
Mamlakatimizda har haftaning payshanba kuni vazirlik, idora va hokimliklarda “Yoshlar kuni” boʻlishi belgilandi. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyevning yoshlar bilan muloqotida maʼlum qilindi.
Qayd etilishicha, shu kuni sohaga masʼul rahbarlar mahalla, maktab va texnikumlarga borib, yoshlarni eshitadi va muammosini hal qiladi.
Hokimlar yoshlarbop savdo-servis loyihalarini qiladi, yoshlarning taʼlim olishi, sport bilan shugʻullanishi, kasb va til oʻrganib, ishga kirishi yoki tadbirkorlik bilan shugʻullanishiga koʻmaklashadi, startapchilar bilan uchrashuvlar oʻtkazib, alohida mablagʻ va grantlar ajratadi.
Eng yaxshi tomorqachi, fermer, sanoatchi, startapchi, ijodkor, maʼnaviyat va boshqa sohalardagi yoshlar uchun qiziqarli mavzularda tanlovlar va yarmarkalar oʻtkaziladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Toshkentda qilichbozlikning sablya yoʻnalishi boʻyicha Jahon kubogi bosqichi start oldi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring