Toshkentda Jahon yoshlarining tinchlik sari harakati bosh qarorgohi tashkil etiladi

11:35 24 Fevral 2026 Siyosat
316 0

Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezident Shavkat Mirziyoyevning yoshlar bilan muloqotida bu yil Toshkent shahrida Jahon yoshlarining tinchlik sari harakati bosh qarorgohi tashkil etilishi, Samarqand shahri Yoshlar parlamenti aʼzolarining 12-global konferensiyasi, “Take Off” xalqaro startap sammiti va 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasiga mezbonlik qilishi eʼlon qilindi.

“Oʻzbekiston Yoshlar taraqqiyoti global indeksida eng tez surʼatlarda rivojlanayotgan davlat deb eʼlon qilingani bizga gʻurur bagʻishlaydi.

Albatta, yangi metodika va innovatsiya olib kirib, taʼlim sifatini oshirish va bolalarni kasbining ustasi qilish haqida izlanadigan rahbarning faoliyatida oʻzgarish boʻladi, ishiga yangicha muhit kiradi”, dedi davlatimiz rahbari.

Dunyoda kun sayin yoshlar ongini egallash boʻyicha yangi tahdidlar yuzaga kelayotgan sharoitda barcha darajadagi rahbarlar yoshlar bilan ishlash boʻyicha yangi ish tizimiga oʻtishi zarurligi qayd etildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?