Meksikada tartibsizlik: 2026-yilgi Jahon chempionati taqdiri nima boʻladi?
Meksikadagi “Xalisko yangi avlodi” karteli rahbari Nemesio Osegera Servantesning yoʻq qilinishi ortidan mamlakat boʻylab tartibsizliklar avj oldi.
Maʼlumki, “El Mencho” laqabi bilan tanilgan qudratli narkobaron Jalisko shtatidagi Tapalpa hududida oʻtkazilgan operatsiya chogʻida yaralangan va Mexiko shahriga olib ketilayotganda vafot etgandi. Ushbu kartel AQSHga katta miqdorda fentanil va boshqa giyohvand moddalar yetkazib berishi bilan tanilgan.

Eʼtiborga molik jihati shundaki, 2026-yilgi futbol boʻyicha Jahon chempionatining ochilish oʻyini aynan Meksikada oʻtkazilishi va unda mezbonlar janubiy Afrika terma jamoasiga qarshi saf tortishlari kerak. Shuningdek, mundial doirasida yana bir qancha oʻyinlar aynan Meksikaning uchta shahrida, jumladan, poytaxtdan tashqari Monterrey va Gvadalaxarada ham bahslar oʻtkazilishi rejalashtirilgan.
Gvadalaxara shahrida Jahon chempionati doirasida toʻrtta oʻyin oʻtkazilishi belgilangan. Bular, shu yilning 26-iyun sanasida boʻlishi kutilayotgan Urugvay hamda Ispaniya oʻrtasidagi markaziy oʻyin, shuningdek, 18-iyun kuni oʻtkaziladigan Meksika va Janubiy Koreya oʻrtasidagi bahs ham aynan ushbu shaharda oʻtkaziladi.

Tahlilchilarning fikricha, mamlakatning baʼzi hududlarida sodir boʻlayotgan hozirgi holat, shunchaki bezorilik emas, aksincha fuqarolar urushiga oʻxshab ketadi. Bu esa atigi 108 kundan keyin start olishi kutilayotgan futbol boʻyicha Jahon chempionati bahslarining xavsiz oʻtkazilishini soʻroq ostida qoldirmoqda.
Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, birgina Gvadalaxara shahri aeroportida odamlar jon saqlash uchun xavfsiz hudud izlashmoqda. Internetda tarqalgan videotasvirlardan koʻrish mumkinki, onalar oʻz farzandlarini quchoqlagancha xavotirda qolmoqda. Aeroport oʻz yuklarini olib yugurayotgan mahalliy aholi vakillari va sayyohlar bilan gavjum. Yana bir videotasvirda turistlar uchun mashhur dam olish maskani hisoblanadigan Puerto Vallarta shahri osmonini tutun qoplagani aks etgan.

Bundan tashqari, shahardagi doʻkonlar oʻz faoliyati toʻxtatgan, maktablar esa yopilmoqda. Ayrim aeroportlarda aviachiptalarning bekor qilinish holatlari ham kuzatilgan.
Dunyo boʻylab qator mamlakatlar, xususan, AQSH oʻz fuqarolarini ogohlikka chaqirib, xavfsiz boshpana topish hamda u yerdan chiqmaslikni tavsiya qilgan. Germaniya tashqi ishlar vazirligi ham oʻz fuqarolarini xavfsizlik qoidalariga amal qilish va Meksikaning boshqa shtatlariga sayohat qilishni toʻxtatishga chaqirgan.
Meksikadagi ushbu tartibsizliklar global eʼtiborni jalb qilmoqda. Turli yirik nashrlar bir necha oy ichida boshlanishi kutilayotgan futbol boʻyicha Jahon chempionatini oʻtkazish mumkinmi, degan savolni oʻrtaga tashlamoqda. Ayni vaqtda Meksikadagi mazkur tartibsizliklarga qaramay mundial uchun rasmiy tayyorgarlik ishlari davom etmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Toshkentda qilichbozlikning sablya yoʻnalishi boʻyicha Jahon kubogi bosqichi start oldi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring