Yanvar oyida yuz nafardan ortiq amerikalik oʻqish uchun Oʻzbekistonga keldi
2026-yilning yanvar oyida Oʻzbekistonga 1 642 nafar AQSH fuqarolari turistik maqsadlarda tashrif buyurgan. Bu haqida Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumot berdi.
Tashrif buyuruvchilar safar maqsadlari boʻyicha taqsimlanganda eng katta koʻrsatkich sayohatga toʻgʻri kelib, 1 120 nafar turist safar qilish maqsadida Oʻzbekistonni tanlagan. Shuningdek, xizmat yuzasidan 269 nafar, oʻqish uchun 112 nafar, qarindoshlarni yoʻqlash uchun 133 nafar, tijorat maqsadida 6 nafar va davolanish uchun 2 nafar tashrif qayd etilgan.
Shu yilning yanvar oyida 964 nafar Oʻzbekiston fuqarolari turistik maqsadlarda AQSHga safar qilgan. AQSHga borgan Oʻzbekiston fuqarolarining safar maqsadlari tahlil qilinganda — sayohat maqsadida 796 nafar, qarindoshlarni yoʻqlash maqsadida 135 nafar, oʻqish uchun 25 nafar, xizmat yuzasidan 6 nafar va davolanish uchun 2 nafar fuqaro safar qilgan.
Qoʻmita taqdim qilgan maʼlumotlarga koʻra, AQSHdan yurtimizga kelgan turistlar soni 2025-yilga nisbatan 39,4 foizga koʻpaygan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Toshkentda qilichbozlikning sablya yoʻnalishi boʻyicha Jahon kubogi bosqichi start oldi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring