Poytaxtdagi qurilish mahsulotlari bozorida yirik yongʻin sodir boʻldi (+video)
Ijtimoiy tarmoqlarda poytaxtdagi bozorlarning birida yongʻin sodir boʻlayotgani aks etgan videotasvirlar keng tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan Favqulodda vaziyatlar vazirligi maʼlumot berdi.
Unda aytilishicha, yongʻin bugun, 21-fevral kuni soat 05:09 da Toshkent shahar, Uchtepa tumani, Qovunchi koʻchasida joylashgan qurilish mahsulotlari sotish bozorida sodir boʻlgan.
Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga 112-tizimi orqali yordam zarurligi toʻgʻrisida murojaat kelib tushgan. Ushbu murojaatga asosan, qutqaruv boʻlinmalari soat 05:18 da hodisa joyiga yetib borib, yongʻin soat 05:38 da oʻrab olingan va 06:00 da toʻliq oʻchirilgan.
Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, yongʻin natijasida bozor hududidagi 200 kv.m maydonda joylashgan rom va eshik mahsulotlari yonib zararlangan. Qutqaruvchilarning yongʻinni tezkorlik bilan bartaraf etishi natijasida bozorning 2000 kv.m maydoni saqlab qolingan. Yongʻin oqibatida tan jarohati olgan fuqarolar boʻyicha maʼlumot kelib tushmagan.
Maʼlum boʻlishicha, bozor maʼmuriyati tuman Favqulodda vaziyatlar boʻlimiga aniqlangan barcha kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan kafolat xati taqdim etgan. Biroq, afsuski, ushbu qoidabuzarliklar oʻz vaqtida toʻliq bartaraf etilmagani oqibatida yongʻin kelib chiqqan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Toshkentda qilichbozlikning sablya yoʻnalishi boʻyicha Jahon kubogi bosqichi start oldi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring