Umra tadbirini tashkil etishga oid noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jarimaga tortildi
Ommaviy axborot vositalari va internet tarmoqlarida joylashtirilgan materiallarning “Reklama toʻgʻrisida”gi Qonun talablariga mosligi yuzasidan oʻrganish va tahlil ishlari olib borildi, deb xabar bermoqda Raqobat qoʻmitasi.
Unda aytilishicha, turoperatorlar tomonidan Umra tadbirini tashkil etish va oʻtkazishga oid berilgan reklamalar oʻrganilganda qator qonunbuzilish holatlari aniqlangan.
Jumladan, Surxondaryo va Fargʻona viloyatlari hududiy boshqarmasi tomonidan “Sharofiddin Travel” va “Fayz Tour Travel” MCHJlarning turoperatorlariga nisbatan litsenziya hujjatlari mavjud boʻlmagan holda reklamalar joylashtirgani va bu bilan “Reklama toʻgʻrisida”gi Qonun talablarini buzgani yuzasidan belgilangan tartibda ish qoʻzgʻatilib, yakunlari boʻyicha moliyaviy jarimalar qoʻllanilgan.
Shuningdek, qoʻmitaning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Samarqand, Surxondaryo, Namangan, Fargʻona, Xorazm viloyati va Toshkent shahar hududiy boshqarmalari tomonidan “Marmaristour.uz”, “rozumbetovjurabek”, “uzmobile_aviakassa”, “Samarqanddan Umra ziyorati” Instagram sahifasi, “Umra Ziyorati”, “Fazliddin Umra jamiyati”, “Muborak safar”, “Qoʻqimboyliklar”, “Saudiyaga sayohat”, “Umra rasmiy”, “Aviakassa721”, “Nursafar” Telegram kanallari maʼmurlari tomonidan berilgan reklamalarda ham yuqoridagi kabi qonunchilik talablari buzilishi yuzasidan mansabdor shaxslari maʼmuriy javobgarlikka tortilgan.
“Ushbu oʻrganish yakunlari yuzasidan qonunchilikda belgilangan tartibda tegishli choralar koʻrilishi taʼminlanadi”, — deyiladi qoʻmita xabarida.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Markaziy Osiyoning intellektual merosini ulugʻlashda yangi bosqich Toshkentda boshlanmoqda — The Washington Post
- Toshkentda qilichbozlikning sablya yoʻnalishi boʻyicha Jahon kubogi bosqichi start oldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring