Eron Rossiya harbiy-dengiz floti bilan hamkorlikda mashgʻulot boshladi
Eron Rossiya harbiy-dengiz floti va Islom inqilobi qoʻriqchilar korpusi ishtirokida harbiy mashqlarni boshladi. Bu haqida BILD nashri xabar berdi.
Unda aytilishicha, Eron mamlakat janubiy qirgʻoqlari yaqinida Rossiya harbiy-dengiz floti boʻlinmalari ishtirokida mashgʻulotlarni boshlagan. Maʼlumotlarga koʻra, ushbu harbiy mashgʻulotlarda Eron oliy rahnamosi Oyatulloh Ali Xomanaiyga boʻysunuvchi Islom inqilobi qoʻriqchilar korpusi ham ishtirok etmoqda.
Maʼlumki, avvalroq, Yevropa Ittifoqi Islom inqilobi qoʻriqchilar korpusini rasman terrorchi tashkilot deb eʼlon qilgan edi. Kreml esa ushbu vaziyatga nisbatan ehtiyotkorona pozitsiya egallab, tomonlarni vazminlikka chaqirgan.
“Biz mintaqada misli koʻrilmagan keskinlashuvni kuzatyapmiz. Biroq siyosiy va diplomatik vositalar, shuningdek, muzokaralar ustuvor boʻlishiga umid qilamiz”, — degan Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov.
Germaniya mudofaa vazirligi Bundesver qoʻshinlarining Eron chegarasidan qariyb 120 kilometr uzoqlikda joylashgan Shimoliy Iroq hududidan qisman olib chiqilganini tasdiqlagan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Markaziy Osiyoning intellektual merosini ulugʻlashda yangi bosqich Toshkentda boshlanmoqda — The Washington Post
- Toshkentda qilichbozlikning sablya yoʻnalishi boʻyicha Jahon kubogi bosqichi start oldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring