Vashingtondagi Kapitoliy yaqinida qurollangan 18 yoshli yigit qoʻlga olindi

20:02 18 Fevral 2026 Dunyo
1029 0

Kecha, 17-fevral kuni tunda Vashingtondagi Kapitoliy binosi yaqinida majmuaning gʻarbiy tomoniga oʻqlangan miltiq bilan yugurib ketayotgan 18 yoshli yigit qoʻlga olindi, deb xabar bermoqda BILD nashri.

Hudud politsiya taqdim qilgan maʼlumotlarga koʻra, qoʻlida qurol koʻtargan yigit mashinasidan tushgach, Kapitoliy binosi tomon yoʻl olgan. Keyinchalik u qurolini tashlab, xavfsizlik xodimlariga taslim boʻlgan.

Politsiyasi boshligʻi Maykl Sallivanning maʼlum qilishicha, hodisa vaqtida gumondor shaxs egnida taktik nimcha va qoʻlqop kiyib olgan boʻlgan. Tekshiruv davomida qurollangan shaxsning avtomobilidan dubulgʻa va gaz niqobi ham topilgan. Shuningdek, oʻqlangan miltiq va qoʻshimcha oʻq-dorilar ham topilib, zararsizlantirilgan.

Hozirda tergovchilar tomonidan ushbu shaxsning xatti-harakatlaridan koʻzlangan maqsadga aniqlik kiritish ishlari olib borilmoqda. U Kongress aʼzolariga hujum qilishni rejalashtirgan boʻlishi mumkinligi taxmin qilinmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?