Oʻtgan yilda 175 nafar oʻzbekistonlik davolanish uchun Misrga borgan

15:25 18 Fevral 2026 Jamiyat
329 0

2025-yilda jami 65 426 nafar Oʻzbekiston fuqarolari turistik maqsadlarda Misrga safar qilgan. Bu haqida Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumot berdi.

Oʻtgan yil davomida Misrga borgan yurtdoshlarimizning 59 374 nafari sayohat maqsadida safar qilgan. Shuningdek, qarindoshlarni yoʻqlash maqsadida 5 826 nafar, davolanish uchun 175 nafar oʻzbekistonlik Misrga tashrif buyurgan.

Bundan tashqari, oʻqish uchun Misrga borganlar 21 nafarni, xizmat yuzasidan borganlar esa 30 nafarni tashkil qilgan.

Qoʻmita maʼlumotlariga koʻra, ushbu koʻrsatkich 20220244-yilning mos davriga nisbatan 18 ming nafarga yoki 38,1 foizga koʻpaygan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?