Vinisius Junior: “Irqchilik — bu qoʻrqoqlik”
Kecha, 17-fevral kuni UEFA Chempionlar ligasining pley-off bosqichi doirasida “Real Madrid” klubi Portugaliyada “Benfika” jamoasi mehmoni boʻldi. Uchrashuv 1:0 hisobida “qirollik klubi”ning gʻalabasi bilan yakunlandi.
Biroq oʻyin davomida bir noxush holat yuz berdi. “Benfika” klubi qanot himoyachisi Janluka Prestianni Vinisiusni bir necha bor haqoratli soʻzlar bilan kamsitgan. Shu voqealar fonida uchrashuv bir necha daqiqaga toʻxtatildi.
Bahsdan soʻng Vinisius Junior oʻzining Instagram sahifasida quyidagi fikrlarni yozib qoldirdi:
“Irqchilar — qoʻrqoqlar. Ular oʻzlarining qanchalik zaif ekanini koʻrsatmaslik uchun ogʻzini futbolka bilan yopishadi. Lekin ularni boshqalar himoya qiladi, aslida esa bundaylarning oʻzi jazolanishi kerak.
Bugun mening hayotimda yoki jamoam hayotida hech qanday yangi narsa sodir boʻlmadi. Men golni nishonlaganim uchun sariq kartochka oldim. Hali ham nega ekanini tushunmayman.
Menga bunday vaziyatlarda paydo boʻlish yoqmaydi, ayniqsa katta gʻalabadan keyin va sarlavhalar “Real Madrid”ga bagʻishlanishi kerak boʻlgan paytda. Lekin bu haqda gapirish zarur”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Toshkentda qilichbozlikning sablya yoʻnalishi boʻyicha Jahon kubogi bosqichi start oldi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring