Navbatdagi muzokaralar ham hududiy masalalarga bagʻishlanadi — Peskov
Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov Jenevada boʻlib oʻtadigan Rossiya-Ukraina muzokaralaridagi asosiy mavzu hududiy masalalar boʻlishini taʼkidladi. Bu haqida BILD nashri xabar berdi.
Ikki mamlakat oʻrtasidagi muzokaralarning navbatdagi bosqichi 17-18-fevral kunlari Jenevada boʻlib oʻtishi rejalashtirilgan. Rossiya tomoni ushbu muzokaralar davomida boshqa mavzular qatori hududiy masalalar ham faol muhokama qilinishini bildirgan.
Maʼlum qilinishicha, navbatdagi muzokaralarda Rossiya prezidenti Vladimir Putinning yordamchisi Vladimir Medinskiy, tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari Mixail Galuzin, Bosh shtab bosh boshqarmasi boshligʻi Igor Kostyukov va maxsus elchi Kirill Dmitriyev ishtirok etishi kutilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Toshkentda qilichbozlikning sablya yoʻnalishi boʻyicha Jahon kubogi bosqichi start oldi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring