Navoiy viloyati kambagʻallik va ishsizlikdan holi hududga aylantiriladi
“2026-yilda Navoiy viloyatini barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident qarori (PQ–58-son, 11.02.2026-y.) qabul qilindi. Bu haqida “Huquqiy axborot” Telegram-kanali xabar berdi.
Qarorga koʻra, Navoiy viloyatini 2026-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy maqsadli koʻrsatkichlari etib quyidagilar belgilandi, jumladan:
- yalpi hududiy mahsulot hajmi yillik oʻrtacha 7,9 foizga, sanoat 7,8 foizga, bozor xizmatlari 15,6 foizga, qishloq xoʻjaligi 5,7 foizga oʻsishini taʼminlash;
- viloyatni kambagʻallik va ishsizlikdan holi hududga aylantirish hamda aholi daromadlari barqaror oʻsishini taʼminlash, 4,5 ming nafar aholini mehnat bozorida talab yuqori boʻlgan kasblarga oʻqitish;
Shuningdek, Karmana koʻchasini renovatsiya asosida milliy uslubdagi madaniy, turizm va xizmat koʻrsatish markaziga aylantirish maqsadida:
- Qosim shayx xonaqohi va Mirsaid Bahrom tarixiy ziyoratgohlari restavratsiya qilingan holda oʻzaro bogʻlanadi;
- “Yangi avlod” istirohat bogʻi va “Karmana dehqon bozori” bilan uygʻunlashtirgan holda “Qadimiy Karmana” turistik markazi (turistik markaz) tashkil qilinadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Toshkentda qilichbozlikning sablya yoʻnalishi boʻyicha Jahon kubogi bosqichi start oldi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring