Superliga jamoalari stadionlarida VAR texnikalari oʻrnatilmoqda
Foto: OʻFA
Superliga jamoalari stadionlarida VAR tizimini joriy etish ishlari boshlandi, deb xabar bermoqda Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi.
Qayd etilishicha, Prezidentning 262-sonli qarori ijrosini taʼminlash hamda futbol uchrashuvlarini yuqori saviyada tashkil etish maqsadida, mamlakatimiz stadionlarida markazlashgan VAR tizimidan foydalanish uchun maxsus texnikalarni oʻrnatish ishlari qizgʻin davom etmoqda.
Bildirilishicha, ayni paytda “Neftchi” klubining uy stadioni — “Istiqlol” majmuasida VAR texnikalarini joylashtirish va sozlash jarayoni ketmoqda. Rejaga asosan, keyingi bosqichlarda “Andijon”, “Buxoro” hamda “Soʻgʻdiyona” klublari stadionlari bosqichma-bosqich ushbu tizim bilan jihozlanadi.
Ushbu texnik qurilmalarni oʻrnatish, montaj qilish va ishchi holatga keltirish jarayonlari Oʻzbekiston futbol hakamlar markazi mutaxassislari tomonidan amalga oshirilmoqda.
“Ushbu saʼy-harakatlar hakamlik qarorlarining haqqoniyligini taʼminlash va oʻzbek futbolining xalqaro standartlarga mosligini oshirishga xizmat qiladi”, deyiladi OʻFA xabarida.
Maʼlumot uchun, bugungi kunga qadar “Xorazm” va “Surxon” klublari uy stadionlarida VAR tizimi toʻliq oʻrnatib boʻlingan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Markaziy Osiyoning intellektual merosini ulugʻlashda yangi bosqich Toshkentda boshlanmoqda — The Washington Post
- Toshkentda qilichbozlikning sablya yoʻnalishi boʻyicha Jahon kubogi bosqichi start oldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring