Ukrainada saylov oʻtkazilishi uchun ikki oylik sulh zarur — Zelenskiy

12:54 15 Fevral 2026 Dunyo
438 0

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy mamlakatda saylovlar oʻtkazilishi uchun ikki oylik otashkesim zarurligini bildirdi. U bu haqida Myunxenda oʻtkazilayotgan xavfsizlik konferensiyasida aytib oʻtgan.

“Bizga ikki oylik sulh bering. Shunda biz saylov uchastkalariga boramiz. Xavfsizlikni taʼminlang. Infratuzilmani yaxshilash, saylovga tayyorgarlik koʻrish uchun koʻp kunlar kerak boʻladi”, — degan Ukraina rahbari.

Shuningdek, Zelenskiy, agar Rossiyada saylovlar oʻtkaziladigan boʻlsa Ukraina bu jarayonlar oʻtib boʻlgunga qadar sulh tuzishga rozi boʻlishini ham qoʻshimcha qilgan.

Ukraina prezidentining soʻzlariga koʻra, Qoʻshma Shtatlar rahbari Donald Tramp 15-yillik xavfsizlik kafolatlarini taklif qilgan, biroq Kiyevga uzoqroq muddatli, jumladan, 20-30-yilga moʻljallangan kafolatlar zarur.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?