Kelasi hafta boshida qanday ob-havo kuzatilishi aytildi
Foto: Muhsin Umurzoqov / “Xalq soʻzi”
“Oʻzgidromet” 15-18-fevral kunlari kuzatiladigan ob-havo maʼlumotini eʼlon qildi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, 16-17-fevralda baʼzi joylarda 13-18 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 15-17-fevralda 1-6 daraja iliq, 18-fevralda 3-8 daraja iliq, kunduzi 15 va 17-fevralda 10-15 daraja iliq, 16-fevralda 5-10 daraja iliq, 18-fevralda 15-20 daraja iliq boʻladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi, faqat 16-fevralda baʼzi joylarda yomgʻir yogʻishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, 16-17-fevralda baʼzi joylarda 13-18 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 5-10 daraja iliq, kunduzi 15-fevralda 17-22 daraja iliq; 16-17-fevralda 12-17 daraja iliq, 18-fevralda 18-23 daraja iliq; Navoiy viloyati shimolida 15-17-fevralda 1-6 daraja iliq, 18-fevralda 3-8 daraja iliq, kunduzi 15 va 17-fevralda 10-15 daraja iliq, 16-fevralda 5-10 daraja iliq, 18-fevralda 15-20 daraja iliq boʻladi.
Toshkent, Sirdaryo, Jizzax, Samarqand viloyatlarida havo oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi, faqat 16-fevralda Samarqand viloyatida baʼzi joylarda yomgʻir yogʻishi mumkin. 15-fevralda baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, 16-fevralda baʼzi joylarda 13-18 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 15 va 17-18-fevralda 5-10 daraja iliq, 16-fevralda 7-12 daraja iliq, kunduzi 15-16-fevralda 15-20 daraja iliq, 17-fevralda 12-17 daraja iliq, 18-fevralda 17-22 daraja iliq boʻladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatida havo oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi, faqat 16-fevralda Qashqadaryo viloyatida baʼzi joylarda yomgʻir yogʻishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, 16-fevralda baʼzi joylarda 13-18 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat 15-17-fevralda kechasi 5-10 daraja iliq, 18-fevralda 8-13 daraja iliq, kunduzi 15-fevralda 18-23 daraja iliq, 16-fevralda 15-20 daraja iliq, 17-fevralda 13-18 daraja 18-fevralda 20-25 daraja iliq boʻladi.
Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlarida havo oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. 15-fevralda baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 5-10 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 4-9 daraja iliq, kunduzi 15-16-fevralda 15-20 daraja iliq, 17-fevralda kechasi 12-17 daraja iliq, 18-fevralda 16-21 daraja iliq boʻladi.
Respublikaning togʻli hududlarida havo oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi, faqat 16-fevralda baʼzi joylarda yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻlishi mumkin. 15-16-fevralda qor koʻchishi xavfi bor. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat 15-fevralda kechasi 2-7 daraja sovuq, kunduzi 5-10 daraja iliq boʻladi; 16-18-fevralda kechasi 0-5 daraja iliqqacha, kunduzi 9-14 daraja iliqqacha koʻtariladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Toshkentda qilichbozlikning sablya yoʻnalishi boʻyicha Jahon kubogi bosqichi start oldi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring