Donald Tramp: AQSH va Yevropa Grenlandiya boʻyicha muzokara olib bormoqda
TASS xabar berishicha, AQSH maʼmuriyati va Yevropa davlatlari hukumatlari Grenlandiya masalasi yuzasidan muzokaralar olib bormoqda. Bu haqda Donald Tramp jurnalistlar savollariga javob berar ekan maʼlum qilgan.
U Oq uyning Janubiy maydonida soʻzlagan nutqida shunday dedi:
“Biz Yevropa bilan juda yaxshi munosabatdamiz, natija qanday boʻlishini koʻramiz. Hozir aynan Grenlandiya boʻyicha muzokaralar olib boryapmiz”.
Avvalroq AQSH maʼmuriyati Grenlandiyaning kelgusidagi maqomi masalasida muzokaralar boshlanganini maʼlum qilgan va bu borada AQSH hamda Yevropa uchun manfaatli kelishuvga erishishga umid bildirgan edi.
Bundan oldin Donald Tramp Grenlandiyani AQSHga qoʻshish zarurligi haqida bir necha bor fikr bildirgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Toshkentda qilichbozlikning sablya yoʻnalishi boʻyicha Jahon kubogi bosqichi start oldi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring