“Oʻzcharmsanoat” uyushmasi raisi lavozimidan ozod etildi
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida oʻtayotgan yigʻilishda poyabzal ishlab chiqarishda moda va dizayn tez oʻzgarayotgani, korxonalarimiz hozirdan zamon talabiga mos holda ishlamasa, nafaqat tashqi, balki ichki bozorda ham raqobat qila olmasligi taʼkidlandi.
Lekin “Oʻzcharmsanoat” uyushmasi rahbariyati sohaga yangilik olib kirmagani, pastga tushib ishlamagani tanqid qilindi.
Poyabzal ishlab chiqaradigan 972 ta korxonadan 378 tasi faoliyatini toʻxtatgan boʻlsa, yana 120 tasi quvvatini yarmidan ham foydalanmayapti. Qolip, bogʻich, furnitura boʻyicha haligacha importga bogʻliqlik bor.
Oqibatda oʻtgan yili eksport boʻyicha vaʼda qilgan 250 million dollarning 40 foizi ham taʼminlangani yoʻq. Uyushmaning bu yilgi ishlab chiqarish va eksport rejasi ham qoniqarsiz ekani koʻrsatib oʻtildi.
Shu munosabat bilan “Oʻzcharmsanoat” uyushmasi raisi A.Sultonovni lavozimidan ozod etishga koʻrsatma berildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Markaziy Osiyoning intellektual merosini ulugʻlashda yangi bosqich Toshkentda boshlanmoqda — The Washington Post
- Toshkentda qilichbozlikning sablya yoʻnalishi boʻyicha Jahon kubogi bosqichi start oldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring