“Paxtakor” polshalik hujumchi bilan shartnoma imzoladi

13:07 13 Fevral 2026 Sport
377 0

Toshkentning “Paxtakor” klubi polshalik hujumchi Pyotr Pajishek bilan shartnoma imzoladi. Bu haqda “Transfermarkt” portali xabar berdi.

Maʼlumot uchun, Pyotr 1993-yil 8-sentyabr kuni Polsha Respublikasining Torun shahrida tugʻilgan. U faoliyati davomida Angliya, Daniya, Niderlandiya, Italiya va Ispaniya kabi mamlakatlarda toʻp surgan.

Xususan, 2022-yilda Ispaniya La Ligasi vakili boʻlgan “Leganes” klubida toʻp surgan. Ushbu jamoa tarkibida barcha musobaqalarda 9 ta oʻyinda maydonga tushgan.

Aytish joiz, Oʻzbekistonda qishki transferlar oynasi 20-fevral sanasida oʻz yakuniga yetadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?